Surxondaryo viloyatida piyoz pishdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 09:30
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida respublikamizda birinchilardan piyoz mahsuloti pishib yetildi.

Surxon vohasining o‘ziga xos tabiati va mirishkor dehqonlarining mehnati sabab viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorlarimizga birinchilardan bo‘lib yetkazib beriladi. Xususan, muzrabotlik dehqonlar asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri — piyozni har yilgidek birinchilardan yetishtirdi.

Ayni paytda tumanning Mehnatobod mahallasida «Bir mahalla — bir mahsulot» tamoyili asosida tomorqa yer egalari 425 gektar maydonga ekilgan piyoz mahsulotini yig‘ishtirib olishmoqda. Undan kutilayotgan hosil 10 ming tonnadan ortiqni tashkil etadi.

— Asl kasbim o‘qituvchi, — deydi shu mahallada yashovchi Shavkat Qilichev. — Har yili 30 sotix tomorqamda piyozning ertaki navini yetishtiraman. Bu oilamga yaxshigina qo‘shimcha daromad keltiradi. Shu mehnatimiz ortidan to‘ylar qilyapmiz, imoratlar quryapmiz, mashina olyapmiz. Bu yil 20 tonna hosil olishni rejalashtirganman.

Darvoqe, Muzrabot tumanida tashkil etilgan eksportga ko‘maklashuvchi logistika markazi orqali dehqonlar shu yerning o‘zidan mahsulotlarni mahalliy va xorijga eksportini amalga oshirmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati