APL. “Chelsi” va “Manchester Yunayted” g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Tottenhem” qiyin bahsda g‘alaba qozondi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 31-03-2024, 09:26
“Tottenhem” o‘z maydonida “Luton” bilan bo‘lgan qiyin bahsda g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning 86-daqiqasida Son Hyon Minning goli londonliklarga g‘alaba olib keldi.
“Brentford” mehmoni bo‘lgan “Manchester Yunayted” uchrashuvning hakam qo‘shib bergan daqiqalarida Mountning goli evaziga g‘alaba qozonishi mumkin edi. Ammo mezbonlar uch daqiqa o‘tib ushbu golga javob qaytarishdi. Jamoalar qolgan vaqt davomida gol ura olishmadi.
“Chelsi” o‘z maydonida “Byornli” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Uchrashuvda Palmer dubl qayd etib ham jamoasi uchun g‘alaba olib kela olmadi.
“Fulhem” safarda “Sheffild” bilan bahsda 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchray turib, 86 va 90+3-daqiqadagi gollar evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Yakuniy hisob —3:3.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Tottenhem” 56 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Chelsi” 40 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.
APL
30-tur bahsi
30 mart, shanba
“Tottenhem” –“ Luton” 2:1