XAA Kazinform:Triatlon bo‘yicha jahon kubogi Samarqandda bo‘lib o‘tadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 09:16
Qozog‘istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi saytida "Triatlon bo‘yicha jahon kubogi Samarqandda o‘tadi" sarlavhali maqolae’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda joriy yilning 18-19 may kunlari Samarqand shahrida triatlon bo‘yicha jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan. Musobaqa doirasida O‘zbekiston chempionati hamda Osiyo triatlon konfederasiyasining navbatdagi forumi, Markaziy Osiyo triatlon assosiasiyasining kongressi o‘tkaziladi.

"World Triathlon Cup Samarkand – 2024", "World Triathlon Para Cup Samarkand – 2024" jahon kubogi bahslari dunyo e’tiboridagi musobaqalardan biridir. Chunki, mazkur musobaqalar sportchilar uchun Parij olimpiadasiga yo‘llanma olishda yana bir imkoniyat hisoblanadi. Shu bois, musobaqaga qiziqish juda yuqori. Unda 300 nafardan ortiq xalqaro toifadagi professional sportchi qatnashishi kutilmoqda", – deb yozgan "Kazinform" .

Agentlik, shuningdek, joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari triatlon bo‘yicha "Challenge Samarkand – 2024" xalqaro musobaqasi o‘tkazilishi to‘g‘risida ham xabar qilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati