La Liga. “Barselona” 10 kishi qolgan “Las-Palmas”ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 09:12
Futbol bo‘yicha La Liganing 30-turi doirasidan o‘rin olgan “Barselona” — “Las-Palmas” uchrashuvi 30 mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bahsda “Barselona” g‘alaba qozondi. Kataloniya klubi o‘z maydonida Rafinyaning goli evaziga “Las-Palmas”dan ustun keldi.

G‘alabadan so‘ng “Barsa” 67 ochko to‘pladi va peshqadam “Real” bilan ochkolar farqini 5 tagacha qisqartirdi.

La Liga

30-tur

30 mart, shanba
“Barselona” – “Las-Palmas” 1:0
Gol: 1:0 – Rafinya (59).
“Barselona”: ter Shtegen, Kunde, Martines, Kubarsi, Joau Kanselu, Serji Roberto (Romeu, 81), Gundo‘g‘an, Lopes (Joau Feliks, 56), Rafinya, Yamal (Ferran Torres, 71), Levandovski (Roke, 81).
“Las-Palmas”: Vales, Marvin, Suares, Koko, Marmol, Kardona (Benito Ramires, 78), Xavi Munos (Kampanya, 72), Rodriges, Luaodis (Moleyro, 71), Munir (Eskandel, 28), Sandro Ramires (Kardona, 78).

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati