46 kilometr uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlari ishga tushirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 08:48
Bu borada 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga ko‘ra, katta to‘rtlikka kiruvchi “Ernst & Young” kompaniyasining “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari” talabi bo‘yicha ushbu tashkilotning moliyaviy hisobotlariga ijobiy auditorlik xulosalari berildi.

Shuningdek, “Sifat menejmenti tizimi”, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish”, “Atrof-muhitni muhofaza qilish”, “Mehnat xavfsizligi va sanoat xavfsizligini boshqarish” va “Energiya boshqaruvi tizimi” xalqaro (ISO) sertifikatlari olindi.

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekiston MET” AJga birinchi marta “B” barqaror darajasidagi xalqaro kredit reytingini taqdim etdi.

“O‘zbekiston MET” AJ transformasiyani amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi boshlig‘i Bahrom Mavlonovning qayd etishicha, “DigSilend Power Factory” dasturiy ta’minotida “O‘zbekiston Respublikasi energiya tizimidagi elektr tarmoqlarining raqamli modeli va interaktiv xaritasi” loyihasi ishga tushirilgan.

– Tizimdagi modernizasiya ishlari, bir so‘z bilan aytganda, yangilanishlar dastavval ushbu dastur orqali tekshirib ko‘riladi va o‘zgarishlarni O‘zbekiston energotizimiga qanday ta’sir etishi mumkinligi o‘rganiladi. Shuningdek, xaridlar jarayonining shaffofligi ta’minlandi, ya’ni barcha xaridlar korrupsiyaviy xatarlarni kamaytirish va inson omilini qisqartirish maqsadida elektron savdo tizimlari orqali hamda jamiyatning maxsus xarid platformasi orqali amalga oshirilmoqda, – dedi u. –

Tashkilot tomonidan davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida loyihalar reja bo‘yicha olib borilayotir. Xususan, 2023 yilda 10 ta loyiha bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jalb qilindi.
– Bu ishlar natijasida umumiy quvvati 1750 MVt yangi elektr stansiyalari qurilib foydalanishga topshirildi, – dedi aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i Boburjon Murodov. – Ushbu elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini energotizimga uzatish uchun 46 kilometr uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlari qurilib, foydalanishga topshirildi.
O‘z navbatida, jamiyatning Cloud.uz server dasturiy ta’minot tizimi yaratildi. Bunda aksiyadorlik jamiyatiga oid bo‘lgan axborot resurslari elektron ravishda to‘plab boriladi.
– Shuningdek, ushbu tizimdan barcha rahbar va xodimlar dunyoning istalgan nuqtasidan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega. Aksiyadorlik jamiyatimizning har bir boshqarma va bo‘limi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha sohaga oid mavzularda video va audio darslarni tayyorlash hamda joylarda xodimlarga yetkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ushbu amaliyot “Videodarslar va test-sinov mashg‘ulotlari” telegram kanali orqali elektron platformaga yuklab borilmoqda, –dedi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Urunov.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati