Erdo‘g‘onning vorisi kim?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 08:30
The Wall Street Journal nashri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lganlar orasida Saljuq Bayraktarni tilga oldi.

So‘rovlarga ko‘ra, Saljuq Bayraktar mamlakatdagi eng taniqli jamoat arboblaridan sanaladi.

Nashr kuzatishicha, Bayraktarda Erdo‘g‘onga xos jihatlar bor: o‘z nutqlarida Turkiyaning usmonlilar o‘tmishiga urg‘u beradi, Isroilning G‘azoga bosqiniga javoban hukumat boshchiligidagi ko‘cha namoyishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ma’lumot uchun: Saljuq Bayraktar 1979 yil 7 oktyabrda Istanbulda tug‘ilgan. Otasi — O‘zdemir Bayraktar aviakosmik soha, robototexnika va masofadan boshqariladigan uchuvchi qurilmalar (dronlar) yo‘nalishida faoliyat yurituvchi «Baykar Makina» kompaniyasi asoschisi. Saljuq Bayraktar mazkur kompaniya egalaridan biri va texnik direktoridir. Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning kenja qizi bilan 2016 yilda turmush qurgan.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyada 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan munisipal saylovlar o‘zi uchun so‘nggi saylov bo‘lishini aytgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati