Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 08:26
Peru prezidenti Dina Boluartening uyi va davlat rahbarining qarorgohida e’lon qilinmagan hashamatli «Rolex» soatlari kolleksiyasi ishi bo‘yicha tintuv o‘tkazildi.

Bu haqda bosh vazir Gustavo Adrianzen ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Peru prokuraturasi va alohida murakkab ishlar bo‘yicha tergov bo‘limi polisiya xodimlari prezident qarorgohiga mahalliy vaqt bilan soat 4:29da bosh sudyaning buyrug‘i bilan kelgan.

Nashrning yozishicha, prokuratura vakillariga eshik ochilmagani uchun polisiya eshikni sindirishga majbur bo‘lgan. Boluarte bo‘lmasada, uning advokatlari u yerda edi.

Prokuror Xalvi Kolchado jurnalistlarga qarorgohda tintuv maxfiy tarzda o‘tkazilishini aytdi.

«Keyinroq prokuratura musodara qilingan ashyolar bo‘yicha ma’lumot beradi», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peru Bosh prokuraturasi prezident Boluartening noqonuniy boyitilishi, shuningdek, deklarasiya qilinmagan qimmat soatlarga egaligi yuzasidan Oliy sudga so‘rov yuborgan edi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati