Somalida prezidentni xalq saylaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 06:32
Somalida parlament tomonidan konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirish bilan prezident va parlament a’zolarining xalq tomonidan saylanishiga qaror qilindi.

«Report»ning xabar berishicha, Somali parlamenti spikeri shayx Adan Madobe konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida matbuotga ma’lum qilgan.

Madobening aytishicha, o‘zgartirishga ko‘ra, bundan buyon xalq prezident va parlament a’zolarini saylaydi. Shuningdek, u qaror bilan prezidentning vakolat muddati 4 yildan 5 yilga oshirilganini ma’lum qildi va prezidentning istalgan vaqtda bosh vazirni tayinlash va lavozimidan ozod etish vakolati borligini ta’kidladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati