G‘azodan 9000 ga yaqin bemor zudlik bilan evakuasiya qilinishi kerak — JSST

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 06:06
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 9 mingga yaqin bemor G‘azo sektoridan zudlik bilan evakuasiya qilinishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot bergan bayonotga asoslanib, Al Jazeera nashri batafsil xabar bermoqda.

JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning aytishicha, 9000 ga yaqin bemor G‘azoda og‘ir ahvolda qolmoqda. Ular halokatli vaziyat tufayli sog‘liqni saqlash xizmatlari, jumladan saraton, bombardimonlardan jarohatlar, buyrak dializ va boshqa surunkali kasalliklardan davolanish uchun sharoitga ega emas. Ommaviy o‘lim holatlari yuz bermasligi uchun esa bemorlarni ko‘chirish shart va zarur.

Manbaga ko‘ra, hozirgacha Rafah orqali 3400 dan ortiq falastinlik bemor xorijga yuborilgan. Ulardan 2198 nafari o‘gir yarador va 1215 nafari kasallangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati