Mashhur ciam-egizaklaridan biri turmushga chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 05:46
Teleshou orqali tanilgan egizaklar Ebbi va Brittani Xensel Amerika armiyasining sobiq harbiysi Josh Bouling bilan oila qurdi. Nikoh marosimi 2021 yili o‘tkazilgan, biroq bu haqda oradan 3 yil o‘tib, ommaga endi ma’lum qilinmoqda.

Egizaklar o‘zlarining Instagram sahifasiga to‘y kechasida olingan surat va videolarni joylagach, marosim haqida butun dunyo xabar topdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nikoh kuyov va egizaklardan biri o‘rtasida tuzilgan. Chunki bir vaqtda ikki kishi bilan oila qurishga rasman ruxsat etilmagan. Shunga qaramay, Josh Bouling bungacha oila qurib, bir nafar farzand ko‘rishga ham ulgurgan. Egizaklar bilan tuzilgan nikoh uning ikkinchi oilasi hisoblanadi.

Er-xotin hozirda Minnesota shtatida istiqomat qiladi. Egizaklar maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars beradi, kuyov esa shifokor bo‘lib ishlaydi. Yangi oila endi farzand kutmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati