Rafinya: Chempionlik uchun kurashni davom ettiramiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 05:10
"Barselona" vingeri Rafinya Dias "Las-Palmas"ga qarshi o‘yinda (1:0) g‘alaba qozonganidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Braziliyalik futbolchi o‘yindagi yagona golni 59-daqiqada mehmonlar darvozasiga kiritdi. 27 yoshli futbolchi dubl qayd etishi mumkin edi, biroq uning goli birinchi bo‘limda bekor qilindi. E’tiborlisi, “Las-Palmas” 24-daqiqadan boshlab ozchilikda o‘ynadi.

“Biz chempionlik uchun kurashni davom ettiramiz. Biz taslim bo‘lmaymiz. O‘ylaymanki, bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik. To‘g‘risini aytsam, birinchi golim hisoblanishi kerak edi, deb o‘ylayman. Hakam nima uchun uni bekor qilganini bilmayman”, - dedi Rafinya o‘yindan keyin ispan OAVlariga bergan intervyusida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati