Xavi: «G‘alabadan mamnunman»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 04:54
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoaning "Las-Palmas"ga (1:0) qarshi o‘yindagi harakatlarini yuqori baholadi.

“Men g‘alabadan xursandman va mamnunman, lekin biz ko‘proq gol urishimiz kerak. Agar bugun biroz samaraliroq bo‘lganimizda, osonlik bilan g‘alaba qozongan bo‘lardik.

Yana bir quruq o‘yin? Mavsum boshidan beri barcha himoyadagi muammolarimiz o‘z xatolarimiz tufayli yuzaga kelganini aytib kelaman. Menimcha, hozir vaziyat yaxshilandi.

Biz yaxshi himoyalanyapmiz. Biz chetlatishdan oldin ham ko‘pincha to‘pni nazorat qilayotgandik. Muvaffaqiyatimiz kaliti himoyadir", - deya Xavidan iqtibos keltiradi Barca Universal.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati