«Arsenal» yoki «Liverpul». Gvardiola qay birini afzal ko‘radi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 04:52
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola chempionlik poygasidagi raqiblaridan qaysi birini afzal ko‘rishi haqidagi savolga javob berdi.

"Siti" 63 ochko bilan APL turnir jadvalida "Arsenal" va "Liverpul"dan bir ochko ortda qolib, uchinchi o‘rinda bormoqda. Yakshanba kuni Gvardiola jamoasi eng yaxshi to‘plar farqi evaziga chempionatda peshqadamlik qilayotgan “kanonirlar”ni qabul qiladi.

“Agar biz bo‘lmasam, kimni chempion sifatida ko‘rishni istardim? Mening "Arsenal"da (Mikel Arteta) do‘stim bor, lekin "Liverpul"da ham Tyago bor. Men bu haqda o‘ylamagan edim. Unga ko‘proq loyiq bo‘lgan g‘alaba qozonsin. Agar bu Arteta bo‘lsa, men uni tabriklayman, agar Yurgen (Klopp) bo‘lsa ham shunday bo‘ladi" - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati