«Napoli» bosh murabbiyi: «ECHL uchun imkoniyat tobora kamayib bormoqda»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 04:40
"Napoli" bosh murabbiyi Franchesko Kalsona A Seriyaning 30-turi doirasidagi "Atalanta"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.

“Bizda kuchli jamoaga xos ijobiy fazilatlar bor, ammo kamchiliklarimiz ham bor. Biz zaifmiz va bu yaxshi emas. Chempionlar ligasiga yo‘l olish imkoniyatimiz tobora kamayib bormoqda, ammo biz oldinga qarash va rivojlanishda davom etishimiz kerak.

Muammo himoya chizig‘ida emas, butun jamoa kurashmoqda. “Napoli”ning muammolari haqida hamma biladi. Uch nafar murabbiy va ko‘plab futbolchilar o‘zgardi. Bu o‘tgan mavsum bilan solishtirganda juda katta farq, ammo, afsuski, bu borada hech narsa qila olmaymiz", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

“Napoli” A Seriya turnir jadvalida 45 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda. 7 aprel kuni jamoa “Monsa”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoa to‘rtinchi o‘rindagi "Bolonya"dan 9 ochko ortda qolmoqda, ammo "qizil-ko‘klar"ning zaxira o‘yini bor.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati