Tuxel: «Bayer»ni chempionlik bilan tabriklayman»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 04:38
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniya chempionatining joriy mavsumida chempionlik uchun kurash yakunlanganini aytdi.

"Bayer"ni chempionlik bilan tabriklayman. Chempionlik uchun kurash nihoyasiga yetdi", - deya Tuxel so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.

30 mart kuni Bundesliganing 27-turidan o‘rin olgan bahsda "Bavariya" Dortmundning "Borussiya"siga mag‘lub bo‘ldi (0:2), "Bayer" esa "Xoffenxaym"dan kuchliroq bo‘lib chiqdi (2:1).

Leverkuzen klubi 73 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Myunxenliklar 60 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati