Aleksandr Xomyakov: Raqibning golidan so‘ng tezda o‘zimizga kela oldik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 04:34
O‘zbekiston Superligasi 4-turida o‘z maydonida "Nasaf" bilan durang o‘ynagan "Andijon" klubi ustozi Aleksandr Xomyakov durang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugun ehtiroslarga boy va jangovar o‘yin bo‘ldi. Raqib mamlakatning flagmanlaridan biri. Bizga qaraganda ancha saviyali, tajribali ekanligini ko‘rdik. Shunday bo‘lsada, bugun shogirdlarim ko‘rsatgan o‘yin meni quvontirdi. Qayerdadir raqibga jang taklif qildik, qayerdadir xato qildik. Umuman aytganda, durang adolatli bo‘ldi.

Raqibning golidan so‘ng o‘zimizga keldik. Tezda hisobni tenglashtirishga erishdik. Bu yaxshi jihat. Qolaversa, darvozabonimiz ham yaxshi o‘ynadi. Bir necha marotaba bizni gollardan qutqardi. Bugun oxirigacha intriga saqlanib turdi.

Zgurskiy raqibga yaxshi bosim uyushtirdi. Uning maydonda o‘z vazifalari bor. Undan tashqari ham jamoada yoshlarimiz ko‘p. Ular ham bunday o‘yinlarda tajriba orttirishadi. Kubok o‘yinlarida kuchliroq raqiblar bilan o‘ynashimiz biz uchun yaxshi. Tajriba va sifat oshadi", - dedi Xomyakov.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati