Ro‘ziqul Berdiyev: Chempionatdagi eng yaxshi o‘yinlardan biri bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 04:32
Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Andijon" – "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi bahs menimcha hozirgi chempionatimizdagi eng yaxshi o‘yinlardan biri bo‘ldi. Bunga muhit ham, maydon ham sabab bo‘ldi va qolaversa, ikkala jamoani ham g‘alaba uchun kurashgani turtki berdi. Bu juda ham quvonarli. Chunki shunday o‘yinlar ko‘p bo‘lsa, chempionatimiz darajasi ko‘tarilgani ko‘rinib turibdi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, biz yaxshi boshladik, gol urdik. Ammo standart vaziyatda ehtiyotkor o‘ynashimiz talab etilgandi. Raqib bu vaziyatni golga aylantirdi. Andijonni o‘rganganimizda ko‘p yuguradigan, jismonan yaxshi va kurashuvchan jamoaligini bugun yana bir bor ko‘rsatdi. Jamoalarda g‘alaba uchun yetarlicha golli imkoniyatlar bo‘ldi. Afsuski, durang bilan tugadi. Ushbu durangdan boshqa klublar manfaatdor bo‘ldilar.

Oldimizda maqsad turibdi. Yo‘qotishlar hali hamma jamoada bo‘ladi. Chunki chempionatimizdagi ko‘p klublarning darajasi tenglashib boryapti. Shu bois ochko yo‘qotishlar yuz beradi. Albatta, bugun g‘alaba uchun o‘ynagandik. Ammo Andijon o‘z muxlislari qarshisida qanchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatishini ham bilardik. Bugun bu holatga yana bir bor amin bo‘ldik. Shunga qaramasdan, biz golli vaziyatdan keyin oddiyroq futbolga o‘tib qoldik. Ikkinchi bo‘limda ayrim o‘zgarishlarni qildik. To‘p nazoratiga o‘tdik va imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Biroq golga aylantira olmadik.

Jamoamizda raqobat bor, o‘yinchilar ko‘p va barchasiga imkoniyat beryapmiz. Javohirga kelsak, "Paxtakor" bilan o‘yindan oldin jiddiyroq jarohat olgandi. 10 kun biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Bu ancha muddat. Jismoniy holati yoki o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagach, o‘z imkoniyatini yo‘qotadi. Barchagaa ishonamiz.

Barcha klub bilan o‘ynay olamiz. Buni isbotlaganmiz. Raqiblarimiz jiddiy. Har bir bahsda yuqori maqsadni ko‘zlab maydonga tushamiz", - dedi Berdiyev.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati