Brentford Man Yunayted darvozasiga zarbalar yomg‘iri uyushtirishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 03:30
"Brentford" "Manchester Yunayted"ga qaraganda deyarli uch baravar ko‘p zarba berdi.

Premyer-liganing 30-turida Tomas Frank shogirdlari 31 bor, raqib esa 11ta zarba yo‘lladi. Yakuniy hisob 1:1 bo‘lib yakunlangan bahsda darvozalar tomon aniq zarbalar soni ikkala jamoada ham 5 tadanni tashkil qildi.

Mezbonlar burchak zarbalarida ham mehmonlarni ortda qoldirdi: 14:4.

"Brentford" o‘yin davomida “Yunayted” darvozasi to‘sini va ustunini 4 bor poyladi: 32 va 78-daqiqalarda to‘sinni, 24 va 58-daqiqalarda ustunni.

Mankunianliklar 81 marta "asalarilar"ga o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pga tegishiga imkon berishdi. Bu 2016/17 yilgi mavsum boshidan beri eng yomon natija.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Brentford" hattoki “Manchester Siti”dan ham o‘zib ketdi – "shaharliklar" 2019 yilning 7 dekabrida o‘tkazilgan o‘yinda jarima maydonchasi ichida 79 bor to‘pga teginishgan, o‘shanda ular 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati