Nihoyat PSV yengildi...

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 00:14
PSV NEKga qarshi bahsda Eridiviziyadagi 43 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasini tugatdi.

Bugun Peter Boss boshchiligidagi jamoa NEKga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, PSV joriy mavsum Erediviziyadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Bundan tashqari, klub tarixidagi 2023 yilning 24 yanvaridan beri davom etgan mag‘lubiyatsiz 42 o‘yindan iborat rekord seriyasi ham uzildi. Bundan avval ular mehmonda “Emmen”ga (0:1) minimal hisobda yutqazgandi.

"Ayaks" Niderlandiyadagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etgan - 1994 yilning avgustidan 1995 yilning dekabrigacha mag‘lubiyatsiz 52 o‘yin.

PSV ayni damda Eredivizionda 72 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. NEK 42 ochko bilan beshinchi o‘rinda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati