Kinematografiya agentligi direktori Xitoy kino assosiasiyasi vakilini qabul qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 23:48

Bugun Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov Xitoy kino assosiasiyasi Xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi, «Meni kut» filmining bosh prodyuseri Gu Guoging bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda shuningdek, "Beijing Asia Film and Television Production and Distribution Co. Ltd" vise-prezidentlari Zang Shu va Zao Lin, "Beijing Hongfu Group" vise prezidenti Zang Dongming, Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi maslahatchisi Chi Runlin, Xitoyning O‘zbekistondagi elchisining 2-kotibi Vu Mengying, Agentlik direktor o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov, Agentlik xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Sayyora Xudoyberdiyeva ishtirok etdi.

Tomonlar uchrashuv davomida tarixiy melodrama janrida suratga olinishi kutilayotgan «Meni kut» film ssenariysi bo‘yicha muzokara olib borishdi. Kinoloyiha 1911 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar va voqeliklarga asoslanadi.

Tashrif davomida xitoylik mehmonlarga «O‘zbekfilm» studiyasi, Renecsans kino uyi, Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyi, pavilyonlar hamda «Bahodir Yalangto‘sh» filmi tizeri namoyish etildi. Xitoy delegasiyasi o‘zbek kino ijodkorlarining texnik qobiliyatlari va kinematograflar uchun yaratilgan infratuzilmalarni yuqori baholadi.

Muloqot ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihadan ikkala taraf ham manfaatdor ekani va bu uzoq yillik hamkorlik aloqalari uchun ishonchli qadam bo‘lgani, kelgusida ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Qolaversa, mehmonlar Agentlik direktori Firdavs Abduxoliqovni joriy yil 21-25 sentyabr kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan XI Xalqaro «Ipak yo‘li» kinofestivaliga taklif qildi. Ertaga Agentlik rahbari va delegasiya bo‘lajak filmni suratga olish ishlarining lokasiyalarini belgilash uchun Samarqandga boradi. 2 aprel kuni Toshkentda loyiha yuzasidan navbatdagi uchrashuv o‘tkaziladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati