Hududlar 2030 yilgacha bosqichma-bosqich ekologik zonalarga ajratiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 23:42

Hukumat qaroriga ko‘ra, «Ekologik transport» tizimi doirasida hududlar ulardagi atmosfera havosi bilan bog‘liq real ekologik holatdan kelib chiqib, ilg‘or xorijiy tajriba va innovasion texnologiyalar asosida «yashil», «sariq» va «qizil» ranglar bilan belgilanadigan «toza», «o‘rta» va «zararli» ekologik zonalarga ajratib boriladi.

«Ekologik transport» tizimi quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:

birinchi bosqichda (2024–2026 yillarda) – Toshkent shahrida;

ikkinchi bosqichda (2026–2028 yillarda) – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga ko‘ra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish va dam olish maskani va boshqalar);

uchinchi bosqichda (2028–2030 yillarda) – boshqa barcha hududlarda.
Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensasiya to‘lovlarini joriy etish yoxud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash yoki taqiqlash choralari ko‘riladi.
Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalaridan ekologik zonalar hududida foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik choralari belgilanadi.
Jarima mablag‘lari esa mamlakatning ekologik holatini yaxshilashga va atrof-muhitni muhofaza qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.
Hududlardagi ekologik zonalar chegaralarini belgilash hamda ularni o‘zgartirish tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan Ekologiya vazirligi taklifiga asosan amalga oshiriladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati