Elektromobil va yangi mashina egalariga yashil stiker pochta orqali yuboriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 23:32

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2024 yil 1 iyundan boshlab respublikaning barcha hududlarida transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini aniqlash va natijalari bo‘yicha ekologik stikerlar berish mazkur xizmatlar uchun alohida to‘lov undirilmasdan transport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Bunda ekologik stikerlarga ega bo‘lmagan transport vositalari ularning normativlarga mosligi darajasini aniqlash va natijalari bo‘yicha ekologik stikerlar berish tartibotlaridan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida mazkur xizmatlar uchun alohida to‘lov undirilmasdan quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi zarur:

2027 yil 1 yanvarga qadar – Toshkent shahrida;

2029 yil 1 yanvarga qadar – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda ekologik zonalarga ajratilgan alohida ekologik zonalarda;

2031 yil 1 yanvarga qadar – boshqa barcha hududlarda;
Elektromobil va elektromototsikllar hamda ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan boshqa turdagi transport vositalariga ularning egalari tomonidan onlayn axborot tizimlari orqali yuborilgan murojaatlar asosida real vaqt rejimida «yashil» ekologik toifasiga mansub ekologik stikerlar mazkur xizmatlar uchun alohida to‘lov undirilmasdan diagnostik tekshiruvisiz beriladi va pochta orqali yuboriladi.
Shoshilinch va tezkor xizmat transport vositalaridan hamda jamoat transportidan (taksi va yo‘nalishli taksidan tashqari) barcha ekologik zonalar hududida hech qanday cheklov va taqiqlarsiz foydalaniladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati