APLda nima uchun gollar ko‘payib qoldi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 22:56
Premyer-ligada joriy mavsumda ko‘rsatkichlar sezilarli darajada o‘sdi. Har bir o‘yinga o‘rtacha 1,63tadan gol to‘g‘ri kelmoqda. Oxirgi 15 mavsum bilan solishtiradigan bo‘lsak, bu har bir jamoaga qo‘shimcha 10 ta gol yoki mavsum uchun +200 ta golga to‘g‘ri keldi.

Nega bunday?

1) VAR avvalroq hakamlar e’tibordan chetda qoldirgan jarima maydonchasidagi qoidabuzarliklarni tekshiradi. Bundan tashqari, ushbu mavsumda tarixan eng yuqori penalti konvertasiya ulushi qayd etilgan - 88,5%.

2) Futbolchilar nafaqat penalti tepishda, balki umuman jarima maydonchasi tashqarisida ham yaxshiroq. Bu mavsumda maydon ichidan berilgan zarbalarning 67 foizi golga aylantirilmoqda. Bu so‘nggi 15 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

3) Qo‘shib berilgan vaqt 73% ga oshdi. Hozir o‘yinlarga o‘rtacha 12 daqiqa qo‘shilmoqda. Joriy mavsumda qo‘shimcha bo‘limlarda allaqachon 119 ta gol urilgan, bu avvalgi 15 mavsumdagi eng yuqori ko‘rsatkichdan 16 taga ko‘p.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati