Selchuk Bayraktar Turkiya prezidentining vorisi bo‘lishi mumkin
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 22:46
Bu fikrni The Wall Street Journal sharhlovchisi Djared Malsin bildirdi.
Turkiya rahbarining kuyovi bo‘lgan Bayraktar mamlakatda juda mashhur ekanligi va uning prezidentlik uchun nomzodini qo‘llab-quvvatlaydigan tarafdorlari borligi qayd etilgan.
Selchuk Bayraktarning o‘zi o‘tgan yilning kuzida WSJ nashriga bergan intervyusida “siyosat bilan faol shug‘ullanmasligini” va o‘zining siyosiy ambisiyalari yo‘qligini aytgan, biroq u agar Erdo‘g‘on unga shunday iltimos bilan murojaat qilsa, prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkinligini istisno etmagan: "Bu vaziyatga bog‘liq", — deya ta’kidlagan Bayraktar.