Selchuk Bayraktar Turkiya prezidentining vorisi bo‘lishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 22:46
"Bayraktar" dronini ishlab chiqaruvchi Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi rahbari Selchuk Bayraktar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning vorisi bo‘lishi mumkin.

Bu fikrni The Wall Street Journal sharhlovchisi Djared Malsin bildirdi.

Turkiya rahbarining kuyovi bo‘lgan Bayraktar mamlakatda juda mashhur ekanligi va uning prezidentlik uchun nomzodini qo‘llab-quvvatlaydigan tarafdorlari borligi qayd etilgan.

Selchuk Bayraktarning o‘zi o‘tgan yilning kuzida WSJ nashriga bergan intervyusida “siyosat bilan faol shug‘ullanmasligini” va o‘zining siyosiy ambisiyalari yo‘qligini aytgan, biroq u agar Erdo‘g‘on unga shunday iltimos bilan murojaat qilsa, prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkinligini istisno etmagan: "Bu vaziyatga bog‘liq", — deya ta’kidlagan Bayraktar.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati