Hukumat qarori: Mashinalarga ekologik stikerlar joriy qilinadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 22:38

Vazirlar Mahkamasining «Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 iyundan boshlab barcha toifalardagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha «Ekologik transport» tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Unga ko‘ra, hududlar ulardagi atmosfera havosi bilan bog‘liq real ekologik holatdan kelib chiqib, ilg‘or xorijiy tajriba va innovasion texnologiyalar asosida «yashil», «sariq» va «qizil» ranglar bilan belgilanadigan «toza», «o‘rta» va «zararli» ekologik zonalarga ajratib boriladi.

???? «Ekologik transport» tizimi uchta bosqichda joriy etiladi:

✅ birinchi bosqichda (2024-2026 yillarda) — Toshkent shahrida; ✅ ikkinchi bosqichda (2026-2028 yillarda) — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda zaruratga ko‘ra alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish va dam olish maskani va boshqalar); ✅ uchinchi bosqichda (2028-2030 yillarda) — boshqa barcha hududlarda. Avtomobillarni diagnostik tekshiruvdan o‘tkazish va natijasiga qarab elektron stiker berish hududlardagi YHXX bo‘linmalarida ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida bepul amalga oshiriladi. Ekologik stikerlarga ega bo‘lgan avtomobil egalari transport vositalarini bir yilda bir marotaba ixtiyoriy ravishda diagnostik tekshiruvdan qayta o‘tkazishi va elektron stiker olishi mumkin bo‘ladi.
♻️ Diagnostik tekshiruvdan o‘tkazish va elektron stiker berish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
✅ 2027 yil 1 yanvarga qadar — Toshkent shahrida; ✅ 2029 yil 1 yanvarga qadar — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda ekologik zonalarga ajratilgan alohida ekologik zonalarda; ✅ 2031 yil 1 yanvarga qadar — boshqa barcha hududlarda; ✅ Shuningdek, shoshilinch va tezkor transport vositalari, jamoat transportidan barcha ekologik hududlarda hech qanday cheklovlarsiz foydalaniladi. Aholiga «zararli» toifadagi transport vositalarini «toza» toifadagisiga almashtirish uchun subsidiya berish tizimi joriy etiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati