Son: Haqiqatan ham qiyin o‘yin bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 22:38
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min Angliya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan "Luton Taun"ga qarshi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.

Uchrashuv Londonda bo‘lib o‘tdi va 2:1 hisobida "shporlar"ning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Haqiqatan ham qiyin o‘yin bo‘ldi, o‘yin keskin o‘tdi. Xalqaro tanaffusdan keyin bu juda qiyin bo‘lishini bilardik. "Tottenxem" ajoyib xarakter ko‘rsatdi. Biz uchun uch ochko juda muhim. Ammo o‘yin natijasini ertaroq hal qilsak yaxshi bo‘lardi", - dedi Son.

Son joriy mavsumda Premyer-ligada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati