DXX akademiyasiga kimlar hujjat topshirishi mumkin?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 19:38
Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2025-2026 o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10 noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, tanlovda Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va o‘tayotgan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan, bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati