Poytaxt aeroportida 99 dona smartfonni olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 18:37
“Toshkent-Seul” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan yo‘lovchilardan birining qo‘l va yo‘l yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, yuklar orasidagi kosmetika vositalari qutilari hamda sumka astarlariga 3 xil rusumdagi 99 dona muqaddam foydalanilgan smartfonlar yashirilganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning umumiy qiymati salkam 207 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 oyi mobaynida “Toshkent-AERO” IBK tomonidan 286 ta holatda jami 17,3 mlrd so‘mlik uyali aloqa vositalari hamda elektron qurilmalarning noqonuniy olib o‘tilishi to‘xtatib qolingan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati