Samarqandda uchta avtomobil ishtirokidagi YTH o‘lim bilan tugadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 18:31
2024 yil 10 oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar “Zulfiya” mahallasi hududidan o‘tuvchi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida haydovchi RANGE ROVER`ni Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab yuqori tezlikda boshqarib kelib, e’tiborsizligi oqibatida ro‘l boshqaruvini yo‘qotgan.

Natijada, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti Optra`ni orqa tomonidan urib yuborib, to‘xtay olmasdan shu yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas`ga urilgan.

Oqibatda, Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati