Toshkentda xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 18:24
Poytaxtimizda navbatdagi II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti tashkil etildi.

“Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” xalqaro sammitida 30 dan ortiq mamlakatdan 60 ga yaqin kompaniya, 120 dan ortiq delegat ishtirok etmoqda.

Maqsad raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yechimlar, tahdidlar va hamkorlik, muhim infratuzilma va biznes aktivlarini himoya qilishga qaratilgan.



Sammit doirasida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Kiberxavfsizlik markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik kelishuvini Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Saidfarrux Islomov va Kiberxavfsizlik markazi rahbari Olimjon Mirzayev imzoladi.
Kelishuvga ko‘ra, endilikda tomonlar davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsga doir ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash yuzasidan davra suhbatlari va o‘zaro muhokamalar tashkil etib boradi.

Shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik sohasiga doir yangi texnologiyalar va qurilmalarni ishlab chiqish hamda ularni sinov tariqasida tekshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi.
Qolaversa, davlat fuqarolik xizmati sohasida joriy etilgan axborot tizimlarining xavfsizlik talablariga muvofiqligi ekspertizadan o‘tkazib boriladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati