Evropa Ittifoqi Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit berishga kelishib oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 18:18
Evropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromad hisobidan 35 milliard yevro miqdorida kredit ajratish mexanizmi bo‘yicha kelishib oldilar. YEI bu mablag‘larni shu yilning o‘zida Ukrainaga berishni boshlash niyatida.

Ushbu kredit mablag‘i G7 mamlakatlari Ukrainaga va’da qilgan jami 45 milliard yevro miqdoridagi kreditdagi Yevropa Ittifoqining ulushidir.

Ayni paytda Rossiyaning 210 milliard yevroga yaqin aktivlari Yevropa moliya tashkilotlari hisoblarida muzlatilgan. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, ular yiliga 3 milliard yevrogacha foyda keltirishi mumkin. Rossiyaning ushbu aktivlarini muzlatib qo‘ygan Yevropa Ittifoqi sanksiyalari har olti oyda yangilanadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati