Abidal de Yongni qanday qilib «PSJ»dan tortib olganini esladi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 10-10-2024, 17:49
Niderlandiyalik yarim himoyachi Kataloniya klubiga 2019 yilning yozida Amsterdamning «Ayaks» klubidan o‘tgan edi. Transfer narxi 86 million yevroni tashkil qildi.
«Ayaks» Chempionlar ligasida «Real»ni mag‘lub etganidan so‘ng, ko‘plab top-klublar Frenkini sotib olishni xohlashdi. U menga «PSJ» murabbiyi bilan gaplashgani va u yerga borishni rejalashtirayotganini aytdi. Keyin men javob berdim: «Barselona» seni klub rejasi sifatida o‘z safiga qo‘shib olyapti, bu yerda gap murabbiy xohishida emas», - dedi 2020 yilda «Barselona» sport direktori lavozimini tark etgan Abidal.