Simeone: «Biz Yevropadagi ikki eng kuchli klub bilan bir ligada harakat qilamiz»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 17:33
«Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diyego Simeone La Ligadagi raqobat haqida gapirdi.

«Matraschilar» har yili «Real» va «Barselona»dan keyin chempionlik uchun uchinchi da’vogar sifatida ko‘riladi. Simeone jamoasining chempionatdagi so‘nggi g‘alabasi 2020/21 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi.

«Uchinchi bo‘lish bizga ma’qulmi? Yo‘q, bu men uchun yetarli emas, lekin bu haqiqat. Klubning maqsadi - bu yerdagi faoliyatimning oldingi 12 yilidagi kabi o‘sishda davom etish va har mavsum oxirida Chempionlar ligasiga yo‘l olish.

Albatta, biz chempionatda g‘alaba qozonishni istaymiz, lekin biz Yevropaning ehtimol ikkita eng yaxshi jamoasiga qarshi kurashamiz, shuning uchun chempionlikni qo‘lga kiritish maqsadi biz uchun qiyin», dedi Simeone "ESPN" nashriga.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati