Husniddin Hosilov «O‘zbekiston temiryo‘llari» bosh muhandisi lavozimini tark etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 17:21
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi. U mazkur lavozimga dekabr oyida tayinlangandi.

«O‘zbekiston temiryo‘llari»ning sobiq raisi iyul oyida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investisiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.

Prezident o‘shanda Hosilov bilan bir qatorda avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va «O‘zsuvta’minot» rahbarlari, suv xo‘jaligi va transport vazirlari o‘rinbosarlari ishdan olinganini e’lon qilgandi.

Husniddin Hosilov 1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini injener-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida «O‘zinterservis» qo‘shma korxonasi, «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» unitar korxonasi, «O‘zbekiston temiryo‘llari» DATK, Vazirlar Mahkamasi departamentida turli lavozimlarda ishlagan.

2016 yil apreldan «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining bosh menejer — bosh muhandisi lavozimida ishlay boshlagan. U 2019 yilning fevralida 2002 yildan buyon kompaniya boshqaruv raisi sifatida ishlab kelgan Ochilboy Ramatov o‘rnini egallagan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati