Yaponiya hukumati parlamentni tarqatish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 17:13
Yaponiya hukumati navbatdan tashqari yig‘ilishida parlamentni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Qayd etilishicha, hujjat vazirlar mahkamasining barcha a’zolari tomonidan tasdiqlangan. Keyinroq parlamentda Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba va muxolifat partiyalari rahbarlari o‘rtasida munozara o‘tkazilishi kutilmoqda. Bahs 45 daqiqa o‘rniga 80 daqiqa davom etadi.

Shundan so‘ng quyi palataning yig‘ilishida uning tarqatilishi e’lon qilinadi: palata raisi Fukusiro Nukaga Hukumat bosh kotibi Yoshimasa Xayashi tomonidan unga topshirilgan tarqatish to‘g‘risidagi farmonni o‘qiydi.

Keyin hukumat yana yig‘ilish o‘tkazadi, yig‘ilish davomida saylov kampaniyasi 15 oktyabrda, quyi palataga saylovlar esa 27 oktyabrda boshlanishini rasman belgilaydi.

Sigeru Isiba 1 oktyabrda Yaponiya bosh vaziri etib tayinlanib, shu kuniyoq yangi hukumat tuzgan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati