Turkiyadan ilhomlangan “Xalqaro chiqindisiz kun” bilan chiqindisiz kelajak

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 21:42





Turkiya tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasida barqaror rivojlanish rejasi doirasida ilgari surilgan “Nol chiqindi” rezolyusiyasining qabul qilinishi xalqaro hamjamiyatning 30 mart Xalqaro chiqindisiz kunni ikkinchi marta nishonlashga olib keldi. Har yili nishonlanadigan Xalqaro chiqindisiz kun (30 mart) barqaror rivojlanish tamoyillari asosida chiqindilarni boshqarish orqali kelajak avlodlarga toza va yashashga yaroqli sayyora qoldirishga qaratilgan jamoaviy sa’y-harakatlarni ifodalaydi.

Xalqaro miqyosda ogohlikka sabab bo‘gan Turkiya tashabbuslaridan “Nol chiqindi harakati” isrofgarchilikning oldini olish, atrof-muhitga zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish, qayta ishlash stavkalarini oshirish, iqtisodiy tejash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashni taklif qilmoqda.


Chiqindisiz va kam isrofli turk oshxonasi
Chiqindisiz oshxona - chiqindisiz turmush tarzining muhim tarkibiy qismidir. Oshxonada har kuni kamroq chiqindi ishlab chiqarilsa, chiqindisiz jamiyat va buning natijasida yanada yaxshi dunyo yaratish imkoni bo‘ladi. Barqaror oziq-ovqat va chiqindisiz restoranlarni kelajak uchun asos sifatida tushunish, ham ekologik, ham madaniy darajada barqaror gastronomiya bo‘lgan turk oshxonasida muhim element hisoblanadi.

Turkiyaning unumdor geografiyasi va Anadoluning boy madaniy merosidan oziqlangan qadimiy turk oshpazlik an’analari hamma narsadan foydalanadi va hech qanday isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘p asrlik jarayonlarni mahalliy ingrediyentlar va asl reseptlar bilan uyg‘unlashtirgan turk oshxonasi azaldan o‘z-o‘zidan va tabiiy chiqindilarni kamaytirishi bilan ajralib turadi. Turk oshxonasida qolgan ingrediyentlar yangi taomlarga aylanadi. Misol uchun, sabzavot po‘stlog‘i salatlarda yoki mustaqil ravishda ishlatilishi mumkin bo‘lsa, meva po‘stlog‘i ham murabboga aylantirilishi mumkin. Xuddi shunday, eskirgan non turli xil taomlar va shirinliklarda, qolgan guruch esa sho‘rva yoki guruchli shirinliklarda iste’mol qilinadi. Shunday qilib, turk oshxonasi chiqindisiz oshxona tajribasini taqdim etadi. Bu ekologik va ijtimoiy mas’uliyatni hisobga oladigan va oziq-ovqat resurslaridan yaxshiroq foydalanadigan turmush tarzini rag‘batlantirish orqali yanada barqaror kelajakka hissa qo‘shadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati