Indoneziyada ota 11 oylik o‘g‘lini qimor o‘yinlariga pul tikish uchun sotib yubordi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 17:12
Indoneziyalik erkak pulini qimor o‘yinlariga sarflash uchun o‘zining 11 oylik o‘g‘lini sotib yubordi, deb yozadi Daily Mail.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ota o‘zining qimor o‘yinlarini moliyalashtirish uchun rafiqasiga bildirmay shartnoma tuzgan. Erkak bola uchun 800 dollarga yaqin pul olgan. 36 yoshli ota Internetda qimor o‘ynash uchun pullarni hisob raqamiga joylagan.

Voqea ona o‘g‘lining yo‘qolganini payqab, polisiyaga murojaat qilganida ma’lum bo‘lgan.

Tergovchilar tomonidan so‘roq qilingandan so‘ng erkak qarzini kamaytirish uchun bolasini sotganini tan olgan.

Xaridor deb taxmin qilinganlar ham odam savdosiga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan. Indoneziyada ushbu turdagi jinoyat uchun 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati