Xoselu Mbappeni Ronaldu bilan solishtirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 16:51
"Real"ning sobiq hujumchisi Xoseluning fikricha, Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu yo‘lidan borish niyatida.

Avvalroq "PSJ"da to‘p tepgan fransiyalik forvard joriy mavsum boshlanishidan avval "Los-Blankos" safiga kelib qo‘shildi.

"Ronaldu - "Real Madrid"ning eng buyuk futbolchisi, futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar. Mbappening maqsadi shunga o‘xshash ko‘rsatkichlarga erishish bo‘ladi, ammo Krishtianu soni va tarixiy hissasi bo‘yicha "Real"da o‘ynagan eng yaxshi futbolchi. Mbappe ham klubda o‘z izini qoldirishni xohlasa kerak. U asta-sekin bu yo‘ldan bormoqda, u o‘z hikoyasini yozadi", - deya Xoseluning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati