Rafinya: Faoliyatimdagi eng yaxshi davrlardan birini o‘tkazyapman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 16:49
"Barselona" futbolchisi Rafinya Dias joriy mavsumni ajoyib boshladi. U bu haqda o‘z fikrlarini bildirdi.

"Ishonch bilan ayta olamanki, men faoliyatimdagi eng yaxshi davrlardan birini o‘tkazyapman", - deya tan oladi Rafinya. - To‘g‘risini aytsam, olti oy oldin men boshqa pozisiyada o‘ynashga moslashishni xohlamagan bo‘lardim. Hujumning o‘ng qanotida o‘zimni eng qulay va ishonchli his qilardim.

Bir kuni men "Barselona" va Braziliya terma jamoasida o‘ynashni istasam, har qanday pozisiyaga moslasha olishim va o‘zimni isbotlay olishim kerakligini angladim. Bu burilish nuqtasi edi. Raqobat juda jiddiy, meni yuqori saviyadagi futbolchilar o‘rab olishgan", dedi 27 yoshli vinger Ge Globo nashriga bergan intervyusida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati