Rafinya va Yamal mavsumni ajoyib boshladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 16:36
"Barselona" futbolchilari Lamin Yamal va Rafinya Dias mavsumni ajoyib boshlashdi, buni statistika ham tasdiqlaydi.

17 yoshli ispaniyalik o‘yin vaqtida yaratilgan aniq golli vaziyatlar soni bo‘yicha (standartlarni hisobga olmaganda) beshta yetakchi Yevropa chempionatlarida peshqadamlik qilmoqda – to‘qqizta imkoniyat, deb xabar beradi Squawka. Ikkinchi o‘rinda "Barselona"ning yana bir vakili Rafinya Dias (sakkizta imkoniyat). "Chelsi" yulduzi Koul Palmer yettita imkoniyat bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi. Reytingning to‘rtinchi pog‘onasini "Arsenal"dan Bukayo Saka va Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan Omar Marmush bo‘lishdi – oltitadan.

Lamin Yamal joriy La Ligada to‘rtta gol urgan va beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan, Rafinyada esa bu ko‘rsatkich 5+5.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati