Da’vogar ayoldan 13,3 mln. so‘m davlat boji undirildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 21:38
Ayol kishining mazkur katta miqdordagi davlat boji bo‘yicha qarzdor bo‘lishining tarixi bor.
Xususan, Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra, da’vogar Z.I.ning sobiq turmush o‘rtog‘i javobgar J.I.ga nisbatan uy-joyni umumiy mulk deb topish va ulushlarni belgilash haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan fuqarolik ishi bo‘yicha davlat boji undirilishi belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi X.Abdumajidov tomonidan olib borilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida qarzdor Z.I. tomonidan 13,3 mln. so‘m miqdoridagi davlat boji shu kuni to‘liq undirilib davlat foydasiga yo‘naltirildi.