Da’vogar ayoldan 13,3 mln. so‘m davlat boji undirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 21:38
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qarzdor Z.I.dan davlat foydasiga 13 mln. 380 ming 396 so‘m boj undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ayol kishining mazkur katta miqdordagi davlat boji bo‘yicha qarzdor bo‘lishining tarixi bor.

Xususan, Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra, da’vogar Z.I.ning sobiq turmush o‘rtog‘i javobgar J.I.ga nisbatan uy-joyni umumiy mulk deb topish va ulushlarni belgilash haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan fuqarolik ishi bo‘yicha davlat boji undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi X.Abdumajidov tomonidan olib borilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida qarzdor Z.I. tomonidan 13,3 mln. so‘m miqdoridagi davlat boji shu kuni to‘liq undirilib davlat foydasiga yo‘naltirildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati