Kompani to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-10-2024, 13:12
"Bavariya" futbolchilari va rahbariyati Vensan Kompanini qo‘llab-quvvatlaydi.

"Bayern & Germany" Kicker jurnalisti Frank Linkesga tayanib xabar berishicha, "Bavariya"ning barcha futbolchilari 3 o‘yindan beri g‘alaba qozona olmaganiga qaramay, bosh murabbiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Myunxendagi kiyinish xonasida katta obro‘ga ega bo‘lgan Tomas Myuller ko‘proq o‘yin vaqtini olishni istashiga qaramay, Kompanining o‘yin uslubini omma oldida maqtadi.

"Bavariya"ning faxriy prezidenti Uli Xyoness ham Kompani jamoadagi vaziyatni yaxshilay olishiga ishonch bildirmoqda. Qayd etilishicha, ko‘plab rad etishlar bilan birga bosh murabbiy izlash chog‘ida "Bavariya" rahbariyati Pep Gvardioladan Kompani haqida batafsil ma’lumot so‘ragan – ispaniyalik shaxsiy suhbatda Vensanga "juda ijobiy" tavsif bergan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati