Immobile «Lasio»ni tark etishni istamoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 10:12
«Lasio» hujumchisi Chiro Immobile klubni tark etishni istamoqda. Bu haqda Corriere della Sera xabar tarqatdi.Manbaga ko‘ra, Maurisio Sarrining iste’foga chiqishida ba’zi muxlislar Immobileni aybdor deb bilishadi. Shu sababga ko‘ra, futbolchi bir necha marta fanatlar tahdidi va hujumiga uchradi. Bundan tashqari, bir necha oydan beri Immobilening ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tahdidlar bo‘lmoqda. Bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng «Lasio» klubi o‘z sardorini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi:«Lasio» so‘nggi kunlarda ro‘y bergan xavotirli voqealar munosabiti bilan jamoa sardori Immobile va uning oilasini qo‘llab-quvvatlaydi. Sport va uning qadr-qimati quyidagicha qolishi kerak: har qanday tahdid va jismoniy hujum qat’iy jazoga tortilishi kerak».












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati