Bundesliga. Bayer so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 21:30
Germaniya Bundesligasining 27-turida "Bayer" o‘z maydonida "Xoffenxaym" jamosini qabul qildi.

Chempionat boshidan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Xabi Alonso shogirdlari o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ikkita gol kiritib, nafaqat mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, balki, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

"Bayer" – "Xoffenxaym" 2:1

30 mart, 19.30, «BayArena»

Gollar: 0:1 – 33 Bayer, 1:1 – 88 Andrix, 2:1 – 90+1 Shik.

"Bayer" – Gradeski, Frimpong (Tella, 86), Ta, Tapsoba (Stanishich, 86), Inkapie (Iglesias, 71), Grimaldo, Djaka, Xofmann (Adli, 58), Andrix, Virts, Shik.
"Xoffenxaym" – Baumann, Kaderjabek, Kabak, Dreksler, Grillich, Yurasek, Shtax, Toxumdju (Gayger, 73), Kramarich (Premel, 58), Vegorst (Byulter, 78), Bayer (Bebu, 73).
Ogohlantirishlar: Dreksler (19).

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati