Vinisius La Ligada mart oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 21:28
La Liga rasmiy sayti mart oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «Real» hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatida mart oyining tengsiz o‘yinchisi deb topildi. Braziliyalik vinger mart oyida 3 o‘yinda 5ta gol muallifiga aylandi. U «Valensiya» (2ta gol), «Selta» (1) va «Osasuna»ga (2) qarshi bahslarda gol urdi.

Vinisius ovoz berish jarayonida Robert Levandovski («Barselona»), Brais Mendes («Real Sosedad»), Aleksandr Serlot («Vilyarreal») va Gorka Guruseta («Atletik») singari da’vogarlarni ortda qoldirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati