Makronga qarshi impichment e’lon qilish taklifi rad etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 22:21
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga qarshi parlamentning radikal so‘l harakati tomonidan ilgari surilgan impichment taklifi Milliy assambleyaning qonunchilik qo‘mitasi tomonidan rad etildi.

Qo‘mita raisi Floran Budyening so‘zlariga ko‘ra, “chuqur muhokamalar” bilan kechgan “salbiy” debat yakunida deputatlar parlament impichmenti bo‘yicha qo‘shma organ tuzish taklifini ko‘pchilik ovoz bilan rad etishgan – 54 ovoz “qarshi” va 15 ovoz “ha”.

Makronga impichment e’lon qilish taklifiga La France Insoumise (LFI, radikal so‘lchi) partiyasi deputatlari, shuningdek, bir nechta yashillar va kommunistlar imzo chekishdi.

Ularning noroziligi Makronning 30 iyun va 7 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida so‘lchi koalisiya g‘alaba qozonganiga qaramay, bosh vazir lavozimiga nomzod sifatida so‘lchilar tomonidan taklif etilgan Lyusi Kastni tayinlashdan bosh tortgani bilan bog‘liq.

Avvalroq Fransiya Milliy assambleyasi byurosi respublika prezidenti Emmanuel Makronga nisbatan impichment jarayonini boshlash haqidagi rezolyusiya loyihasini ma’qullagan edi.

Impichment jarayoni Oliy sudda o‘tirgan Assambleya va Senat parlament a’zolarining uchdan ikki qismining roziligini talab qiladi. Biroq markaz va o‘ng siyosiy kuchlar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor emas edi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati