Serxio Aguero Barselonani sudga berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 22:11
"Barselona" klubi sobiq hujumchisi Serxio Aguero klub unga 3 mln yevro to‘lashi kerak deb hisoblamoqda.

Aguero 2021 yil "Man Siti" bilan shartnomasi tugallangach, "Barselona"ga o‘tadi va katalonlar bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. "Barselona" tarkibida hammasi bo‘lib 5 ta o‘yin o‘tkazgan futbolchi yuragidagi muammo sabab futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

Serxio Aguero o‘shanda klub unga birinchi mavsum uchun maoshlarni to‘lashi kerakligini ma’lum qilgandi. Hujumchi shartnomadagi ikkinchi mavsum uchun hech narsa so‘ramasligi, unga faqat birinchi mavsum uchun 3 mln yevro to‘lanishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

"Barselona" o‘shanda futbolchining talabiga rozi bo‘lgandi, biroq bu summani sug‘urta kompaniyasi orqali futbolchiga to‘lab bermoqchi edi. Biroq, sug‘urta kompaniyasi bu to‘lovni amalga oshirishni rad etdi. Kompaniya sabab qilib Aguero yuragidagi muammoni "Barsa"ga kelmasdan turib orttirganini ko‘rsatgan. Shu tariqa tomonlar kelisha olishmadi.

"Barselona" 3 mln yevroni to‘lamagandan so‘ng Serxio Aguero klubni sudga berdi. Futbolchining o‘zi sudga qadar kelishib olishga qarshi emas. Hozirda sud jarayonlari boshlanganicha yo‘q, sobiq futbolchi ushbu nizoni ortiqcha shov-shuvlarsiz hal qilishdan umidvor.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati