• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Ukraina yil oxirigacha ikkinchi «tinchlik sammiti»ni o‘tkazish niyatida va Rossiyaning unda ishtirok etishini istaydi

Ukraina yil oxirigacha ikkinchi «tinchlik sammiti»ni o‘tkazish niyatida va Rossiyaning unda ishtirok etishini istaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 21:28

Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar ma’lum qildi, deb yozadi Reuters. Shu bilan birga, diplomat Kiyev va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi:

«Biz Ukraina va Rossiya bir-biriga qarama-qarshi o‘tiradigan va Ukraina Rossiya talablarini tinglaydigan format haqida gapirmayapmiz», dedi Bodnar.

Diplomat, ham Ukraina, ham Rossiya bilan yaxshi aloqalarni davom ettirishga harakat qilayotgan Turkiyaning uchrashuvning muhim ishtirokchisi bo‘lishini aytdi.

Bir kun avval Ukraina prezidenti devoni ikkinchi tinchlik sammiti noyabrda bo‘lmasligini ma’lum qildi — ular uni AQShdagi prezidentlik saylovlari oldidan o‘tkazmoqchi edilar. Yozda Vladimir Zelenskiy Rossiya Federasiyasining ikkinchi sammitda ishtirok etishiga ruxsat bergan edi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Shveysariyadagi «tinchlik sammiti» yopilishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati